Содержимое
Генассамблея ООН приняла инициированную Узбекистаном резолюцию Генеральная Ассамблея ООН приняла резолюцию о провозглашении 2027–2036 годов Десятилетием ООН по лесонасаждению и лесовосстановлению. Цель инициативы — содействовать устойчивому управлению лесами и бороться с глобальной вырубкой, ежегодно приводящей к потере около 10 миллионов гектаров лесов. Участие в реализации Десятилетия предполагается на добровольной основе, при активной роли ЮНЕП, ФАО и Форума ООН по лесам. Резолюция инициирована Республикой Узбекистан, при соавторстве свыше 80 стран, представляющих все регионы мира, в том числе страны Центральной Азии, Азербайджан, Россия, Бразилия, Австрия, Германия, Финляндия, Португалия, Индия, Иран, Пакистан, ОАЭ, Катар, Бахрейн. Документ был одобрен 155 голосами. Примечательно, что Узбекистан не только инициировал резолюцию, но подкрепил её конкретными действиями — такими как масштабная программа «Яшил макон» и инициативы по формированию «Зелёного пояса Центральной Азии». Формируя эффективные модели и практические инициативы, Ташкент не только отвечает на вызовы времени, но и стремится задавать новые стандарты для в рамках зеленой повестки. ——— BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan ilgari surilgan rezolyutsiyani qabul qildi BMT Bosh Assambleyasi 2027–2036-yillarni «BMTning daraxt ekish va o‘rmonlarni tiklash bo‘yicha o‘n yilligi» deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Mazkur tashabbusning maqsadi – o‘rmonlardan barqaror foydalanishni ilgari surish va har yili qariyb10 million gektar o‘rmonning yo‘q qilinishiga olib kelayotgan global daraxt kesishga qarshi kurashishdir. O‘n yillik doirasidagi faoliyatda ishtirok etish ixtiyoriy asosda, BMTning Atrof-muhit dasturi (UNEP), BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda BMT O‘rmonlar forumi faol ishtirokida amalga oshiriladi. Rezolyutsiya O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, uni dunyoning barcha mintaqalarini qamrab olgan 80 dan ortiq davlat hammuallif sifatida qo‘llab-quvvatladi. Ular orasida Markaziy Osiyo mamlakatlari, Ozarbayjon, Rossiya, Braziliya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Portugaliya, Hindiston, Eron, Pokiston, BAA, Qatar va Bahrayn bor. Hujjat 155 ta davlat ovozi bilan ma’qullandi. E’tiborlisi, O‘zbekiston nafaqat mazkur rezolyutsiyaning muallifi bo‘ldi, balki uni amaliy ishlar bilan mustahkamladi — xususan, «Yashil makon» keng ko‘lamli dasturi hamda Markaziy Osiyoda «Yashil belbog‘»ni shakllantirish tashabbuslari bilan. Toshkent samarali modellar va amaliy tashabbuslarni ilgari surar ekan, nafaqat davr chaqiriqlariga javob bermoqda, balki yashil kun tartibi doirasida yangi standartlarni belgilashga intilmoqda.