Содержимое
14-may kuni Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekistonning faol tashqi siyosati, iqtisodiy diplomatiya, mintaqaviy va global masalalar muhokama qilindi. Fuqarolik jamiyati bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, O‘zbekiston imijini mustahkamlash, turizmni targ‘ib qilish va madaniy almashinuvni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi. OAV xodimlari uchun malaka oshirish kurslari, faxriy diplomatlar bilan ishlash guruhi tashkil etish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi. Kengashning yangilangan Ish rejasi va Nizomi tasdiqlandi. Bu TIV va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytiradi. Jamoatchilik kengashi ishonchli ko‘prik sifatida xizmat qilishda davom etadi. @TIVmatbuot