Содержимое
Онлайн-вебинар по Центральной Азии 11июня Институт Центральной Азии и Кавказа(Central Asia-Caucasus Institute, CACI, США) провел экспертный онлайн-вебинар, приуроченный к выходу нового аналитического доклада под названием «Is Central Asia Stable?». Автор исследования - Сванте Э. Корнелл, директор CACI и Объединенного центра Программы исследований Шелкового пути, а также соучредитель Института политики безопасности и развития в Стокгольме. Мероприятие стало важной экспертной площадкой для обсуждения ключевых факторов, влияющих на стабильность Центральной Азии, в частности вопросов безопасности; геополитической конкуренции в регионе, роли национальных институтов и силовых структур, а также перспектив формирования новых моделей межгосударственного взаимодействия. В своей работе Сванте Э. Корнелл предлагает комплексный подход к оценке устойчивости Центральной Азии, акцентируявнимание на противоречивом характере происходящих процессов: сочетания внешних вызовов и внутренней консолидации, проявляющейся в углублении регионального сотрудничества, укреплении институтов и росте координации в сфере безопасности. Автор доклада приходит к выводу, что это определяет спецификутекущего этапа трансформации региона и требует сбалансированной дипломатии в Центральной Азии. ——— Markaziy Osiyo bo‘yicha onlayn vebinar 11-iyun kuniAQShdagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti(Central Asia-Caucasus Institute, CACI) tomonidan “Is Central Asia Stable?” nomli yangi tahliliy hisobot nashr qilinishi munosabati bilan ekspertlik onlayn vebinari tashkil etildi. Hisobot muallifi — Svante E. Kornell, CACI va Ipak yo‘li tadqiqot dasturlari bo‘yicha qo‘shma markaz direktori, shuningdek, Stokgolmdagi Xavfsizlik va taraqqiyot siyosati instituti hammuassisi hisoblanadi. Mazkur tadbir Markaziy Osiyo barqarorligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni muhokama qilish uchun muhim ekspertlik maydoniga aylandi. Jumladan, xavfsizlik masalalari, mintaqadagi geosiyosiy raqobat, milliy institutlar va kuch tuzilmalarining o‘rni, shuningdek, davlatlararo o‘zaro hamkorlikning yangi modellarini shakllantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. O‘z tadqiqotida Svante E. Kornell Markaziy Osiyodagi barqarorlikni baholashda murakkab, qarama-qarshi jarayonlarni hisobga oluvchi yondashuvni taklif etadi: tashqi tahdidlar va ichki konsolidatsiyaning uyg‘unligi — ya’ni, mintaqaviy hamkorlikning chuqurlashuvi, institutlarning mustahkamlanishi va xavfsizlik sohasida muvofiqlashtirish darajasining oshishi. Muallif xulosasiga ko‘ra, ushbu omillar mintaqaning hozirgi transformatsiya bosqichining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi va Markaziy Osiyoda muvozanatli diplomatiyani talab qiladi.