TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← CFPS/TSTM/ЦВПИ
CFPS/TSTM/ЦВПИ avatar

TGINSIGHT POST

Post #1511

@XMATM_IACIR

CFPS/TSTM/ЦВПИ

Просмотры325Количество просмотров
Опубликован4 июл.04.07.2025, 07:00
Содержимое поста

Содержимое

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining Ozarbayjon Respublikasiga davlat tashrifi va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Janobi Oliylari bilan samimiy muzokaralari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi jadal va o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorlikning muhim bosqichini namoyon etdi. Oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida Rahbarlarimiz barcha sohalarda hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdilar. 200dan ortiq ikki tomonlama hujjatlar munosabatlarimizning huquqiy asosini tashkil etgani, ularning yarmidan ortig‘i so‘ngi besh yilda imzolangani hamkorlik sur’ati jadallashganining yorqin dalilidir. Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi doirasida Davlat Rahbarlari savdo, transport, qishloq xo‘jaligi va madaniy aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Ikki tomonlama savdo hajmini oshirishga kelishib olindi, Bokuda yangi "O‘zbekiston" bog‘i loyihasi ishga tushirildi hamda mustahkam ikki tomonlama munosabatlarimiz ramziga aylangan O‘zbekiston Elchixonasining yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashrif nafaqat diplomatik munosabatlarimizning 30 yillik tarixida yangi sahifa ochib berdi, balki mintaqada tinchlik, taraqqiyot va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan uzoq muddatli hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratdi. Biz ozarbayjonlik qardoshlarimizning samimiy mehmondo‘stligini, strategik sheriklik va ittifoqchiligimizni mustahkamlash borasidagi qat’iy intilishlarini yuksak qadrlaymiz. *** The state visit of President of the Republic of Uzbekistan H.E. Shavkat Mirziyoyev to the Republic of Azerbaijan and candid talks with President of the Republic of Azerbaijan H.E. Ilham Aliyev marked a milestone in the dynamic and trust-based partnership between our two countries. The high-level meetings between the Leaders focused on expanding cooperation across all key sectors. More than 200 bilateral documents now form the legal framework of our relations, with over half signed in the last five years alone - clear evidence of the accelerating pace of collaboration. During the second meeting of the Supreme Interstate Council, the Presidents discussed expanding trade, transport, agriculture, and cultural ties. They agreed to raise bilateral trade, launched the Uzbekistan Park project in Baku, and inaugurated a new Uzbekistan Embassy building, symbolizing strong bilateral relations. This visit not only opens a new chapter in our 30 years of diplomatic ties but also sets a solid foundation for long-term cooperation aimed at ensuring regional peace, development, and prosperity. We sincerely appreciate the warm hospitality of the Azerbaijani brothers and their strong commitment to strengthening our strategic partnership and alliance. X | Facebook | Instagram | Telegram