Содержимое
Toshkentda sakkizinchi Markaziy Osiyo ekspertlar forumi bo‘lib o‘tadi Joriy yil 14-15 avgust kunlari Toshkentda"Markaziy Osiyo - ishonch, xavfsizlik va barqarortaraqqiyotning umumiy makoni" mavzusida VIII Markaziy Osiyo ekspertlar forumibo‘lib o‘tadi. 2018-yilda tashkil etilgan MOEF har yiliMarkaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahatuchrashuviga raislik qilayotgan mamlakatdao‘tkaziladi. Forum mintaqaviy hamkorlikning hozirgiholati va istiqbollarini muhokama qilish uchunmuhim maydoncha vazifasini bajaradi va MarkaziyOsiyo davlatlarining o’zaro aloqalarini yanadarivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentihuzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilmoqda. Tadbirhamkorlari - BMTning Markaziy Osiyoda preventivdiplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamdaYevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti(YEXHT), Konrad Adenauer nomidagi jamg‘arma. Forumda Markaziy Osiyodan an’anaviyravishda mintaqa davlatlarining strategik institutlari, ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari hamdamutaxassislari va akademik doiralari vakillariishtirok etadi. Ilk bor tadbirda mintaqashunoslikbo‘yicha tajriba almashish maqsadida YevropaIttifoqi, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi(ASEAN), Shimoliy Kengash mamlakatlaridan nufuzli ekspertlar, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, AQSH, Buyuk Britaniya, Shveysariyava Ozarbayjondan tadqiqotchilar taklif etilgan. Forumning keng qamrovli dasturi mintaqaviyhamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini ko‘ribchiqish va ko‘p qirrali aloqalarni ilgari surishbo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilashni o‘z ichigaoladi. Bundan tashqari, Forum doirasida alohidatadbirlar o‘tkaziladi: mintaqaviy o‘ziga xoslik nishakllantirishning amaliy jihatlari bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiya hamda "Markaziy Osiyo - Shimoliy Yevropa" formatidagi hamkorliknirivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan davrasuhbati bo‘lib o‘tadi. Bo‘lajak ekspertlar muloqoti manfaatlarto‘qnashgan nuqtalarni aniqlash va Markaziy Osiyoning kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlarinibelgilab berishi kutilmoqda. Ishlab chiqilgan tavsiyalar joriy yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo davlatlarirahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi kuntartibini boyitishga muhim hissa qo‘shadi.