TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← CFPS/TSTM/ЦВПИ
CFPS/TSTM/ЦВПИ avatar

TGINSIGHT POST

Post #176

@XMATM_IACIR

CFPS/TSTM/ЦВПИ

Просмотры354Количество просмотров
Опубликован5 мар.05.03.2024, 06:01
Содержимое поста

Содержимое

Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun 2024” hisoboti e’lon qilindi Hisobot 190 mamlakatda ayollarning iqtisodiy imkoniyatlari uchun qulay muhitni baholovchi yillik tadqiqotlar seriyasining o‘ninchisidir Ushbu nashr "Аyollar, biznes va huquq 1.0" indeksini yangilaydi, u ayollarning karerasining boshlanishi, rivojlanishi va oxirida qonun bilan o'zaro munosabatlari atrofida tuzilgan sakkiz ko'rsatkichdan iborat: harakatchanlik, ish joyi, ish haqi, nikoh, ota-onalik, tadbirkorlik, aktivlar va pensiyalar. "Ayollar, biznes va huquq 2.0" indeksi ayollarning iqtisodiy ishtiroki uchun shart-sharoitlarni uchtaasosiy mezon orqali baholashning yangi standartini belgilaydi: 1️⃣ Huquqiy baza - qonunchilik va uning ayollarga ta'siri tahlili. 2️⃣ Qo'llab-quvvatlovchi asos - qonunlarni ayollar foydasiga amalga oshirishga yordam beruvchi siyosiy mexanizmlarni o'rganish. 3️⃣Ekspert fikrlari - ayollar faoliyati natijalari va ularning jamiyatdagi idrokiga oid ekspertlar nuqtai nazarini o'rganish. "Ayollar, biznes va huquq 2.0" shuningdek ikkita yangi ko'rsatkichni taqdim etadi: "Xavfsizlik" (ayollarga nisbatan zo'ravonlikni o'lchash uchun asos) va "Bolalarga g'amxo'rlik" (bolalar parvarishining mavjudligi, foydalanish imkoniyati va sifatini o'lchash uchun asos). Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonning reytingi avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 11,9 ballgako‘tarilib, mumkin bo‘lgan 100 balldan82,5 ballgayetdi. Bu natija bizga reytingda Singapur, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan bir xil o‘rinni egallash imkonini berdi. Qolaversa, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.