Содержимое
XMATMda genderning jahon siyosatidagi ahamiyatiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbatida xotin-qizlarning teng huquqliligini ta’minlash borasidagi ishlarning bugungi ahvoli tahlil qilindi, asosiy muammolarga alohida to‘xtalib o‘tildi, hamda vaziyatni yaxshilash bo‘yicha xalqaro tavsiyalar ko‘rib chiqildi. Asosiy e’tibor xotin-qizlarning iqtisod va siyosatda faol ishtirok etishi uchun shart-sharoit yaratish borasidagi ishlarni davom ettirish zarurligiga qaratildi. Global gender siyosatini rivojlantirish yo‘nalishlarini muhokama qilish doirasida harakat erkinligi, bandlik, ish haqi, nikoh, ota-onalik, tadbirkorlik, mulkni tasarruf etish va pensiya taminoti kabi keng ko‘lamli ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqildi. Hozirgi tendentsiyalar muhokama qilindi, ulardan eng muhimi davlat boshqaruvida yuqori lavozimlarni egallagan siyosatchi ayollar sonining ko'payishi hisoblanadi. Bu holat siyosiy sohadagi stereotiplarning yengib o‘tilayotganidan, shuningdek, BRMga erishish uchun ayollar vakilligi muhimligi e’tirof etilganidan dalolat beradi. O‘zbekistonninggender tengligini ta’minlash borasidagi yutuqlari butun dunyoda ijobiy javoblarga ega bo‘lmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning taraqqiyot strategiyasi amalga oshirilayotgani tufayli mamlakatimiz xotin-qizlar huquqlarini ta’minlashda eng katta muvaffaqiyatlarga erishgan 5ta yetakchi davlat qatoriga kirdi. O‘tgan yilning o‘zida O‘zbekistonda4 ta ilg‘or huquqiy islohotlar amalga oshirilib, xotin-qizlar ahvolini tubdan yaxshilash imkonini berdi. O‘zbekiston gender tengligiga erishish yo‘lida olg‘a intilishda davom etmoqda va uning tajribasi boshqalarga o‘rnak bo‘la oladi. Inson huquqlari va tenglik tamoyillarini hurmat qilish asosidagi ijobiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash va kengaytirishmuhim ahamiyatga ega. Muhokama natijalari bo‘yicha, xotin-qizlarjamiyat qurishning asosiy subyekti hisoblanadi. Xotin-qizlar salohiyatisizmehnat unumdorligini oshirish va iqtisodiy o‘sish bo‘yicha hech qanday sa’y-harakatlar muvaffaqiyat qozonmaydi.