Содержимое
В Ташкентезавершил работу форум аналитических центров: «Центральная Азия – Россия: стратегическое партнерство в меняющемся мире». На завершающей сессии, посвящённой поиску взаимовыгодных решений и совершенствованию механизмов регулирования трудовой миграции, выступилдиректор ЦВПИ Санжар Валиев. В докладе обращено внимание на долгосрочный характер миграционных процессов, которые продолжат усиливаться ввиду демографической динамики в регионах мира, технологического развития и климатических изменений, а также обострения военных конфликтов и политических кризисов. Исходя из этого, эксперт призвал в рамках формата «Центральная Азия – Россия»наладить конструктивное сотрудничество и принять согласованные совместные действия на основе системного подхода. Привлечено внимание к проблематике прав человека при реализации законодательства в сфере миграции и труда. «Прошу помнить, что когда мы говорим о мигрантах, мы говорим о людях и их правах. За каждым мигрантом стоит своя история, побудившая его покинуть навсегда или на некоторое время родной дом и близких людей». Отдельный акцент был сделан на необходимости формирования ответственного информационного сопровождения непростых процессов в данной сфере, дальнейшем укреплении отношений стратегического партнёрства и союзничества между странами региона и Россией. ————— Toshkentda “Markaziy Osiyo – Rossiya: o‘zgarayotgan dunyoda strategik hamkorlik” nomli tahliliy markazlar forumi o‘z ishini yakunladi. Mehnat migratsiyasini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish va o‘zaro manfaatli yechimlarni izlashga bag‘ishlangan yakuniy sessiyada Tashqi siyosiy tadqiqotlar va xalqaro tashabbuslar markazi direktori Sanjar Valievchiqish qildi. Ma’ruzada migratsiya jarayonlarining uzoq muddatli xarakteriga e’tibor qaratildi. Ta’kidlanishicha, bu jarayonlar dunyo mintaqalaridagi demografik dinamikalar, texnologik rivojlanish va iqlim o‘zgarishlari, shuningdek, harbiy mojarolar va siyosiy inqirozlarning keskinlashuvi tufayli yanada kuchayishda davom etadi. Shu asosda ekspert “Markaziy Osiyo – Rossiya” formati doirasida konstruktiv hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va tizimli yondashuv asosida kelishilgan qo‘shma choralarni qabul qilishga chaqirdi. Migratsiya va mehnat sohasida qonunchilikni amalga oshirish jarayonida inson huquqlari masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. «Iltimos, esda tuting, biz migrantlar haqida gapirganda, biz odamlar va ularning huquqlari haqida gapiramiz. Har bir migrantning vatani va yaqinlarini butunlay yoki vaqtincha tark etishga undagan o‘z hayotiy hikoyasi bor». Alohida urg‘u ushbu sohadagi murakkab jarayonlarni mas’uliyat bilan axborot jihatidan yoritish zarurligiga, shuningdek, mintaqa davlatlari va Rossiya o‘rtasida strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratildi.