TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← CFPS/TSTM/ЦВПИ
CFPS/TSTM/ЦВПИ avatar

TGINSIGHT POST

Post #1873

@XMATM_IACIR

CFPS/TSTM/ЦВПИ

Просмотры274Количество просмотров
Опубликован8 окт.08.10.2025, 15:31
Содержимое поста

Содержимое

“Dunyo” Axborot agentligi resurslarida Tashqi siyosiy tadqiqotlar va xalqaro tashabbuslar markazi yetakchi ilmiy xodimi Guli Nizomovaning «Turkiy davlatlar integratsiyasi: Barqaror taraqqiyot va hamkorlik yo‘li» nomli maqolasi e’lon qilindi. Materialda Turk davlatlari tashkiloti doirasida kechayotgan integratsion jarayonlarga qisqacha tahlil berilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslariga alohida e’tibor qaratilgan. Muallif zamonaviy bosqichda turkiy davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rib chiqadi, bu jarayon iqtisodiy, madaniy va gumanitar aloqalarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan. Ta’kidlanishicha, TDТ harbiy yoki siyosiy blok sifatida emas, balki turkiy dunyo rivojlanishi uchun yagona makonni shakllantirish va hamkorlikni chuqurlashtirishning samarali platformasi sifatida maydonga chiqmoqda.