Содержимое
XMATMda Misr 🇪🇬 delegatsiyasi bilan muzokaralar bo'lib o'tdi 13-mart kuni XMATM mehmonlari Tashqi ishlar vazirligining Misr diplomatiya instituti direktori Valid Xaggag va Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagiFavqulodda va Muxtor Elchisi Amira Fahmi xonimlar bo‘ldi. Xalqaro kun tartibidagi eng dolzarb masalalar yuzasidan foydali va chuqur suhbat bo‘lib o‘tdi, Markaziy Osiyo, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdagi vaziyatni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Qadimiy tarixga ega va keyingi yillarda jadal rivojlanib borayotgan O‘zbekiston-Misr munosabatlarini mustahkamlash mavzusi ham e’tibordan chetda qolmadi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish uchun ikki mamlakatning salmoqli salohiyatidan foydalanish imkoniyatlarini muhokama qildik. O‘zbekiston va Misr tashqi ishlar vazirliklarining ikki ilmiy-tadqiqot muassasasi o‘rtasida maqola va materiallar almashish, xalqaro munosabatlar sohasidagi masalalar bo‘yicha davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazishni qamrab olgan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi atroflicha muhokama qilindi. Natijada O‘zbekistonХalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi va MisrDiplomatik tadqiqotlar instituti o‘rtasida bo‘lajak ikki tomonlama siyosiy tadbirlar doirasida imzolash uchun hamkorlik to‘g‘risidagi Мemorandum loyihasikelishib olindi.