Содержимое
Bugun Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining tom ma’noda tarixiy VII Maslahat uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari Yangi Markaziy Osiyoni barpo etish bo‘yicha mintaqamizni birlik, barqarorlik va umumiy taraqqiyot makoniga aylanishi lozimligi to‘g‘risida aniq va ulkan maqsadlarni ko‘rsatib o‘tdi. Ozarbayjonning ushbu formatga to‘laqonli a’zo sifatida qo‘shilishi esa birodarlik rishtalarimizda yangi davrni boshlab bermoqda. 🇺🇿 Prezident mintaqaviy hamkorligimizni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim tashabbuslarni ilgari surdi: ✅ Hamkorlikning institutsional asoslarini mustahkamlash, jumladan mintaqaviy muloqotning maslahat shaklidan “Markaziy Osiyo hamjamiyati” strategik formatiga aylantirish hamda rotatsiya asosida faoliyat yuritadigan Kotibiyatni ta’sis etish; ✅ Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kuchaytirish, jumladan Yagona investitsiya muhitini shakllantirish va uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlik dasturini qabul qilish; ✅ Mintaqaviy infratuzilma va o‘zaro bog‘liqlikni jadallashtirish; ✅ Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, umumiy tahdidlarga muvofiqlashtirilgan javob choralarini ta’minlash, shuningdek, Afg‘onistonning mintaqaviy jarayonlarga integratsiyasini qo‘llab-quvvatlash; ✅ Ekologiya, iqlim va suv resurslarini boshqarishga ustuvor ahamiyat qaratish, jumladan 2026-2036-yillarni “Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy harakatlar o‘n yilligi” deb e’lon qilish taklifini ilgari surish. Bugungi sammit yana bir bor oddiy bir haqiqatni tasdiqladi — bizning kuchimiz birlikda, yo‘limiz do‘stlikda, kelajagimiz esa mushtarakdir. *** An inspiring and truly historic VII Consultative Meeting of the Heads of State of Central Asia has concluded today in Tashkent. President of Uzbekistan H.E. Shavkat Mirziyoyev outlined a clear and ambitious vision for building a New Central Asia — a region of unity, stability, and shared progress. Accession of Azerbaijan to the format as a full-fledged member opens a new era of fraternal ties. 🇺🇿 President put forward key proposals to advance our regional cooperation: ✅ Strengthening institutional foundations of cooperation, including transforming the format into the Community of Central Asia and establishing a rotating Secretariat; ✅ Boosting trade, economic, and investment ties, including forming a Common Investment Space and adopting a long-term program for economic cooperation; ✅ Accelerating regional infrastructure and connectivity; ✅ Enhancing regional security and stability, ensuring coordinated responses to common risks and supporting Afghanistan’s integration into regional processes; ✅ Prioritizing ecology, climate, and water management, including the proposal to declare 2026–2036 the Decade of Practical Water Use in Central Asia; Today’s summit once again demonstrated a simple truth — our strength is in unity, our path is in friendship, and our future is shared. X | Facebook | Instagram | Telegram