Содержимое
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida “Mintaqaviylik va barqarorlik: global o‘zgarishlar sharoitlarida Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasi davom etmoqda. Anjuman doirasidagi maqsadli munozara va ilmiy bahslar, mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlik istiqbollarini ta’minlash bo‘yicha ma’ruzalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otyapti. Xususan, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va nizolarning oldini olishga ta’sir etuvchi global geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘zgarishlarning tendensiyalari, global va regional xavfsizlikni ta’minlash va mojarolarni oldini olishda xalqaro jamiyatlarning o‘rni, Markaziy va Janubiy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlashda muhim omillar, shuningdek, hozirgi zamon harbiy nizolari xususiyati va tavsiflari bo‘yicha ma’ruzalar tinglanib, keng muhokama qilinmoqda. ↘️Yangiliklarni kuzatib boring: Telegram | LIVE | Facebook |Youtube |Instagram |X |TV