Содержимое
XMATM va Vengriya xalqaro munosabatlar instituti oʻrtasida"Oʻzbekiston🇺🇿 – Vengriya 🇭🇺: global oʻzgarishlar davrida koʻp tomonlama hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusidagi konferensiya onlayn formatda oʻtkazilmoqda. Tadbirda ikki mamlakat tahliliy markazlari rahbarlari va yetakchi ekspertlari ishtirok etmoqda. Global o‘zgarishlar davrida, dunyo taraqqiyot uchun turli qiyinchiliklar va tahdidlar bilan to‘qnash kelgan bir paytda, O‘zbekiston va Vengriyaning murakkab muammolarni yengish uchun birgalikda yechim topishgaintilishiikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lmoqda. Hozirgi vaziyat mamlakatlardan muammolarni hal qilishda moslashuvchan va innovatsion yondashuvlarni, shuningdek, barqaror strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatishni talab qilmoqda. Onlayn konferensiya mavzusi quyidagi masalalarni muhokama qilishdan iborat: 🔹Yevropa Ittifoqi va Vishegrad guruhiningMarkaziy Osiyo bo'yicha siyosati; 🔹suv, energiya va oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim va ekologik o'zgarishlarga moslashish kabi dolzarb global muammolar; 🔹yangi geosiyosiy sharoitlarda ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish istiqbollari; 🔹transport va logistika sohasida hamkorlik qilish salohiyatlari; 🔹savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda hamkorlik, yangi qo'shma loyihalarni amalga oshirish; 🔹tahlil markazlari o'rtasidagi ekspertlar o'zaro hamkorligi. Tadbir ikki davlatning strategik sherikligi doirasidagi muvaffaqiyatli hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida muammolarni birgalikda hal etish va o'zaro yechimlarni izlash bo‘yicha yangi g‘oyalar almashinuviga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.