TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← CFPS/TSTM/ЦВПИ
CFPS/TSTM/ЦВПИ avatar

TGINSIGHT POST

Post #2313

@XMATM_IACIR

CFPS/TSTM/ЦВПИ

Просмотры109Количество просмотров
Опубликован15 янв.15.01.2026, 12:49
Содержимое поста

Содержимое

Elchilar xorijiy investorlar va yirik kompaniyalar bilan birga ishlasa, bu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish uchun imkoniyatlar ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, o‘z ishlab chiqarishi deyarli yo‘q bo‘lgan, ichki bozorni to‘ldirish uchun 100 milliard dollarlik mahsulotni chetdan solib oluvchi Iroq mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari uchun istiqbolli bozor hisoblanadi. Shu munosabat bilan, Iroqdan 150 ta yirik kompaniya O‘zbekistonga olib kelingani ijobiy baholandi. Ular bizdagi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, hayron qolganini, oldinlari O‘zbekiston mahsulotlari to‘g‘risida deyarli tushunchasi bo‘lmaganini aytyapti. Ular Iroqda korxonalarimizning rasmiy distribyutorini ochib, Yaqin Sharq bozorlariga jadal kirib borishni reja qilyapti. Natijada shu yilning o‘zida Iroqqa yuzlab million dollarlik mahsulotlar yetkazib berishga kelishildi. Tegishli davlatlardagi elchilarimiz Vyetnam, Bahrayn, Portugaliya bilan ham shu tartibda ishlab, hamkorlar topishi va bu bozorlarga kirish bo‘yicha ishlashi kerakligi qayd etildi. Facebook|Instagram|X