TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← CFPS/TSTM/ЦВПИ
CFPS/TSTM/ЦВПИ avatar

TGINSIGHT POST

Post #245

@XMATM_IACIR

CFPS/TSTM/ЦВПИ

Просмотры386Количество просмотров
Опубликован25 мар.25.03.2024, 09:28
Содержимое поста

Содержимое

O'zbekistonda 25-mart kuni “Yer soati” aksiyasi o'tkaziladi. Aksiyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekistondagi davlat muassasalarida elektr energiyasi bir soatga uziladi. "Yer soati" - Butunjahon yovvoyi tabiat jamg'armasi tomonidan tashkil etilgan va har yili o'tkaziladigan global xalqaro tadbirdir. Bu belgilangan vaqtda yorug'lik va boshqa elektr jihozlarini bir soat davomida o'chirish kerakligidan iborat. Tashabbus birinchi marta 2007 yildaAvstraliyadapaydo bo'lgan hamda hozirgi kunda iqlim o'zgarishi muammosi va tabiiy resurslarni tejash zarurligiga e'tiborni tortishga qaratilgan global harakatning bir qismidir. "Yer soati" - sayyoradagi eng yirik jamoat ekologik aksiyasi. Unda har yili 190 mamlakat va 2 milliarddan ortiq aholi ishtirok etadi, 18 mingdan ortiq meʼmoriy obidalarning yoritilishi oʻchadi. Aksiyaning asosiy maqsadi nafaqat tabiatga g‘amxo‘rlik qilish muhimligini eslatish, balki jamoatchilik ongini atrof-muhitga yanada mas’uliyatli munosabatda bo‘lishga undashdir. Albatta, bir soatlik yorug‘likning o‘chirilishi Yerdagi ekologik vaziyatning tubdan o‘zgarishiga olib kelmaydi. Biroq, energiyani tejash atmosferaga zararli chiqindilarni kamaytirish va atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirish yo'lidagi muhim qadamdir. Bunday harakatlar odamlarga tabiiy boyliklarga g'amxo'rlik qilish kerakligini eslatadi va ularni kundalik hayotlarida ekologik jihatdan mas'uliyatli qarorlar qabul qilishga ilhomlantiradi.