TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← CFPS/TSTM/ЦВПИ
CFPS/TSTM/ЦВПИ avatar

TGINSIGHT POST

Post #250

@XMATM_IACIR

CFPS/TSTM/ЦВПИ

Просмотры355Количество просмотров
Опубликован29 мар.29.03.2024, 08:08
Содержимое поста

Содержимое

Bugun Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi oʻtkazilmoqda! Bu “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida o'tkazilayotgan ajoyib tashabbusdir. Aksiyadan ko‘zlangan maqsad nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, balki atrof-muhitgaehtiyotkorona munosabatda bo‘lishdir. Afsuski, Toshkent tobora noqulay ekologik vaziyatga ega shaharlardan biriga aylanib bormoqda. O‘zbekistonda aholi turmush darajasi va farovonligining o‘sishi avtotransport vositalari sonining jadal sur’atlarda ko‘payishi bilan hamroh bo‘lmoqda. Agar 2021-yilda ularning soni 3,14 million bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilda esa ularning soni4,6 millionni tashkil etdi (32% ga o'sish kuzatilmoqda). Toshkentdahar kuni oʻrtacha 730 mingta avtomobil harakatlanadi, shuning uchun ham avtomobillar qatnovini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni imkon qadar koʻproq amalga oshirish juda muhimdir. Yurish bu nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilishga hissa qo'shish, balki shahrimiz go'zalligidan bahramand bo'lishning ajoyib usuli. Nafaqat bugun, balki imkon qadar tez-tez jamoat transporti, velosiped yoki boshqa ekologik toza transport turlarini tanlang. Biz barchangizni ushbu muhim tadbirda ishtirok etishingizni taklif qilamiz. Buning uchun Toshkentda uyg'onayotgan bahorgi ob-havo eng qulay!