Содержимое
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bayonoti Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskin ravishda taranglashuvi va keng mintaqada yangi ziddiyatli holat yuzaga kelganidan jiddiy xavotirdaligini bildiradi. Barcha tomonlarni vazminlikka daʼvat etib, nafaqat harbiy-siyosiy, balki gumanitar jihatdan oldindan koʻrib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan xavfli keskinlashuvga sabab boʻladigan keyingi qadamlardan tiyilishga chaqiramiz. Vujudga kelgan inqirozni xalqaro huquq normalari asosida, siyosiy-diplomatik vositalar orqali va oʻzaro maqbul muloqot yoʻli bilan hal etish maqsadga muvofiq ekanini taʼkidlaymiz. Oʻzbekiston Respublikasi mintaqaviy barqarorlik hamda xavfsizlikni mustahkamlashning izchil tarafdori va vaziyatning eng tez fursatlarda normallashuvidan umidvor boʻlib qoladi. *** Statement by the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan The Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan expresses deep concern over the rapid escalation of tensions in the Middle East, which has contributed to growing instability across the wider region. We urge all sides to demonstrate maximum restraint and avoid actions that may further aggravate the situation and lead to serious military, political, and humanitarian repercussions. We underline the necessity of addressing the crisis in full accordance with international law, through political and diplomatic efforts, including constructive and mutually acceptable dialogue. Uzbekistan remains firmly committed to promoting regional peace and security and hopes for the swift stabilization and normalization of the situation. *** Заявление Министерства иностранных дел Республики Узбекистан Министерство иностранных дел Республики Узбекистан выражает серьёзную обеспокоенность в связи с резким обострением ситуации на Ближнем Востоке, приведшим к новой напряженности в обширном регионе. Призываем все стороны проявлять сдержанность и воздержаться от дальнейших шагов, способных привести к опасной эскалации с трудно предсказуемыми последствиями не только военно-политического, но и гуманитарного характера. Подчёркиваем целесообразность урегулирования кризиса на основе международного права, политико-дипломатическими средствами и посредством взаимоприемлемого диалога. Республика Узбекистан последовательно выступает за укрепление региональной стабильности и безопасности и рассчитывает на скорейшую нормализацию обстановки. Facebook | YouTube | Instagram | X