Содержимое
Savol:Yaqin Sharq mintaqasidan Oʻzbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish va maxsus reyslar tashkil etish boʻyicha qanday ishlar olib borilmoqda? Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga muvofiq, fuqarolarimizni Vatanga qaytarish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatdan kelib chiqqan holda va yurtdoshlarimiz xavfsizligini taʼminlashni inobatga olib, doimiy hamda qoʻshimcha reyslar tashkil etilmoqda. Ishlar doimiy asosda olib borilmoqda. Jumladan: - Saudiya Arabistonidan tizimli evakuatsiya amalga oshirilmoqda; - Birlashgan Arab Amirliklaridan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi repatriatsiya reyslarini amalga oshirish masalasini ishlab chiqdi; - aviakompaniyalar bilan charter reyslarni kelishish ishlari olib borilmoqda; - mintaqadagi aviatsiya regulyatorlari bilan muvofiqlashtirish taʼminlanmoqda. Havo hududining yopilishi va “havo hujumi” rejimi sharoitida imkoniyatlar cheklangan boʻlsa-da, ishlar uzluksiz ravishda olib borilmoqda. *** Question: What measures are being taken to evacuate citizens of the Republic of Uzbekistan from the Middle East and to organize special flights? Answer: In accordance with the instructions of the President of the Republic of Uzbekistan, systematic measures are being taken to ensure the return of our citizens to the homeland. Regular and additional flights are being organized, taking into account the evolving situation and prioritizing the safety of our compatriots. The work is carried out on an ongoing basis. In particular: - a systematic evacuation is being conducted from Saudi Arabia; - a repatriation flight of NAC “Uzbekistan Airways” from the UAE has been considered; - charter flights are being coordinated with airlines; - coordination is underway with the aviation regulators of the region. Given the closure of airspace and the “air alert” regime, operational capabilities remain limited; nevertheless, efforts continue around the clock. *** Вопрос: Какая работа проводится по эвакуации граждан Республики Узбекистан из стран Ближнего Востока и организации специальных рейсов? Ответ: По поручению Президента Республики Узбекистан принимаются системные меры по обеспечению возвращения наших граждан на Родину. Организуется выполнение регулярных и дополнительных рейсов с учётом развития ситуации и приоритетного обеспечения безопасности соотечественников. Работа ведётся на постоянной основе. Ведётся: - системная эвакуация из Саудовской Аравии; - проработан репатриационного рейса НАК «Uzbekistan Airways» из ОАЭ; - согласование чартерных рейсов с авиакомпаниями; - координация с авиационными регуляторами стран региона. С учётом закрытия воздушного пространства и режима «воздушной атаки» возможности ограничены, однако работа продолжается в круглосуточном режиме. @TIVmatbuot