Содержимое
XMATMda Xitoy va zamonaviy Osiyo instituti delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi 2 aprel kuni Rossiya Fanlar akademiyasiningXitoy va zamonaviy Osiyo instituti direktori Kirill Babayev va unga hamrohlik qilayotgan mutaxassislar bilan samarali suhbat o‘tkazildi. Rossiyalik hamkorlarimiz bilan xalqaro vaziyat rivojlanishining joriy tendentsiyalarinimuhokama qildik, mintaqaviy jihatlarga to‘xtaldik va o‘zaro hamkorlik mexanizmlari, shuningdek, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvalini kelishib oldik. Rossiya instituti tarkibida yangi tashkil etilgan Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikning istiqbolli loyihalariga alohida e’tibor qaratildi. Mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro tushunishni chuqurlashtirish va hamkorlikni kengaytirish, ilmiy-tadqiqot va tahliliy faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashish, ekspert maqolalarini o‘zaro chop etish maqsadida muntazam ravishda ekspert uchrashuvlarini o‘tkazishga kelishib oldik. Ilmiy aloqalarni institutsionalizatsiya qilish hamda XMATM va Rossiya Fanlar akademiyasining Xitoy va Zamonaviy Osiyo instituti o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash maqsadida hamkorlik memorandumini tezroq tuzish masalasi bo‘yicha kelishib oldik. _________________________ Xitoy va Zamonaviy Osiyo instituti 2022 yilda Rossiya Fanlar akademiyasining Uzoq Sharq tadqiqotlari instituti negizida tashkil etilgan.