Содержимое
XMATMda rossiyalik ekspert bilan suhbat bo‘lib o‘tdi Bir kun avval Markaziy Osiyo bo‘yicha rossiyalik yetakchi ekspertlardan biri Stanislav PritchinXMATMga tashrif buyurdi. Rossiya Fanlar akademiyasining Ye.M.Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy tadqiqot instituti vakilini qutlash ayniqsa yoqimli bo‘ldi. Erkin munozara – savol-javob tarzida biz Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlarining zamonaviy tashqi siyosatining xususiyatlari, Global Janub davlatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik va munosabatlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil suhbatlashdik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi amaliy hamkorlik, transport va energetika sohalarida yirik infratuzilma loyihalarini amalgaoshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bo‘lib o‘tgan mazmunli suhbat Markaziy Osiyoni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan yanada chuqurroq va har tomonlama fikralmashish va kelgusidagi harakatlar bo‘yicha ayrim tavsiyalarni ishlabchiqishimkonini berdi.