Содержимое
Toshkentda"Markaziy Osiyo – Ko'rfaz Arab davlatlari hamkorlik Kengashi" Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi bo'lib o'tmoqda. Tadbirda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston delegatsiyalari hamda Bahrayn, Qatar, Quvayt, BAA, Ummon, Saudiya Arabistoni va Ozarbayjon vakillari faxriy mehmon sifatida ishtirok etmoqda. Uchrashuv kun tartibiquyidagilardan iborat: 🔹Markaziy Osiyo davlat rahbarlari va Arab ko'rfazi davlatlari hamkorlikKengashining birinchi sammitida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qilish; 🔹siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini rejalashtirish; 🔹ikki mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi hamkorlik doirasida xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarini ko’rib chiqish.