TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← CFPS/TSTM/ЦВПИ
CFPS/TSTM/ЦВПИ avatar

TGINSIGHT POST

Post #322

@XMATM_IACIR

CFPS/TSTM/ЦВПИ

Просмотры396Количество просмотров
Опубликован16 апр.16.04.2024, 12:30
Содержимое поста

Содержимое

Toshkent shahrida “MDH yoshlar poytaxti” xalqaro loyihasining ochilish marosimi Kuni kecha Toshkent shahriga MDH Yoshlar poytaxti maqomi berilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yoshlar masalalari agentligi direktoriAlisher Sa’dullayev va shahar hokimiShavkat Umurzoqov nutq so‘zlashdi. MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev o‘zining qutlov nutqida madaniy-gumanitar sohadagi davlatlararo hamkorlik yildan-yilga muvaffaqiyatli bo‘lib borayotganini, hamkorlikda ishlash uchun yangi imkoniyatlar ochilayotganini alohida ta’kidladi. ToshkentMDH davlatlari orasida ushbu faxriy maqomga sazovor bo‘lgan birinchi shahar bo‘ldi. Aholining deyarli yarmi boy tajribaga ega yoshlar ekanini inobatga olsak, Toshkent bunga munosibdir. “MDH yoshlar poytaxti”loyihasi hamdo‘stlik davlatlarining yoshlar siyosati sohasidagi sa’y-harakatlarini birlashtirishning ajoyib namunasidir. Bu yoshlar salohiyatini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida tajriba almashishga ko‘maklashadi. Toshkent shahridagi loyiha dasturiga kiritilgan yoshlar forumi hamda Yoshlar kengashi yig‘ilishi kabi tadbirlar gumanitar hamkorlik kun tartibini boyitish, Hamdo‘stlik davlatlari fuqarolarining yangi avlodini birlashtirishga salmoqli hissa qo‘shadi.