TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← CFPS/TSTM/ЦВПИ
CFPS/TSTM/ЦВПИ avatar

TGINSIGHT POST

Post #334

@XMATM_IACIR

CFPS/TSTM/ЦВПИ

Просмотры363Количество просмотров
Опубликован23 апр.23.04.2024, 07:00
Содержимое поста

Содержимое

XMATMda Amerika Qo'shma Shtatlari Tinchlik Instituti (USIP) delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi 🇺🇸 Amerika Qo'shma Shtatlari Tinchlik Institutining (USIP) yetakchi ekspertlari Bates Gill, Karla Friman va Alison McFarlandXMATMga tashrish buyurishdi. Amerika Qo'shma Shtatlari Tinchlik Instituti (USIP) - Amerikaning tadqiqot markazi bo`lib, uning vazifasi butun dunyo boʻylab mojarolarni tinch yoʻl bilan hal qilish, oldini olish va yumshatish, shuningdek tinchlik va barqarorlikni saqlash masalalarini o‘rganishga ixtisoslashgan. Tinchlik Instituti 1984 yilda tashkil etilgan va shtab-kvartirasi Vashingtonda joylashgan. Uchrashuvda Markaziy Osiyoda hamkorlik va integratsiya masalalari, hozirgi geosiyosiy va geoiqtisodiy tendentsiyalar muhokama qilindi, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan konstruktiv fikr almashildi. Suhbat yakunida ikki tahliliy markaz oʻrtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.