Содержимое
XMATMda Strategik tadqiqotlar markazi direktori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi 🇷🇺 XMATM direktori Boshqirdiston Respublikasi Strategik tadqiqotlar markazi rahbari Yevgeniy Bazilevni qabul qildi. Strategik tadqiqotlar markazi Boshqirdiston Respublikasininguzoq muddatli rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo'yicha takliflar tayyorlashni ta'minlaydi. Investitsiyalarni jalb etish va istiqbolli ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni shakllantirish jarayonini tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini rivojlantirish, Boshqirdiston va O‘zbekiston hududlari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga oid keng ko‘lamli masalalar yuzasidan foydali va chuqur suhbat bo‘lib o‘tdi. Mumkin bo'lgan investitsiyaloyihalari amalga oshirilishi muhokama qilindi, jumladan:logistika markazlari, sanoat texnoparklari va sanatoriy-turistik zonalar tashkil etilishi. Yangig‘oyalarni ishlab chiqish, texnik parametrlarni kelishish va tajriba almashish uchun qo‘shma tadbirlar va seminarlar, shuningdek, aqliy hujum sessiyalarini o‘tkazish zarurligiga kelishib olindi. Samarali hamkorlikni davom ettirish uchun muntazam ekspertlar uchrashuvlarini o‘tkazishga kelishib olindi.