TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← CFPS/TSTM/ЦВПИ
CFPS/TSTM/ЦВПИ avatar

TGINSIGHT POST

Post #348

@XMATM_IACIR

CFPS/TSTM/ЦВПИ

Просмотры400Количество просмотров
Опубликован24 апр.24.04.2024, 12:00
Содержимое поста

Содержимое

Toshkent shahrida "INNOPROM. Markaziy Osiyo 2024” Xalqaro sanoat ko'rgazmasi bo'lib o'tdi 22-24 aprel kunlari boʻlib oʻtgan INNOPROM – MARKAZIY OSIYO koʻrgazmasi mintaqada va undan tashqarida sanoat kooperatsiyasining muhim voqeasigaaylandi. Tadbir koʻlami 25 foizga oshdi. Ishtirokchilar geografiyasi kengayib, nafaqat Markaziy Osiyo va Rossiya kompaniyalari, balki Xitoy, Germaniya, Koreya Respublikasi, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Fransiya kabi sheriklarni ham qamrab oldi. Ushbu maydonga qiziqish ortib borayotgani dunyoning 35 davlatidan10 mingdan ortiq tashrif buyuruvchilarning ishtirok etishi ko'rsatdi. 14 500 m2 ko'rgazma maydonida 457 ta eksponent va 31 ta mintaqaviy jamoa stendlari namoyish etildi. Biznes dasturining 12tatadbiri doirasida 50 dan ortiq yirik shartnomalar imzolandi. Tadbir eng yaxshi imkoniyatlarni taqdim etadi, jumladan: 🔹ishbilarmonlik aloqalarini o'rnatish va mustahkamlash; 🔹qo'shma ishlab chiqarishlarni yaratish; 🔹sanoat kooperatsiyasini kengaytirish; 🔹sanoat rivojlanishining yangi nuqtalarini aniqlash. Shuni ta'kidlash lozimki, ko'rgazma biznes hamkorlik uchun ochiq bo’lgan hamda investitsiya kiritish va biznes yuritish uchun jozibali joyga aylangan yangi O'zbekistonningo’ziga xos belgisiga aylandi.