TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← CFPS/TSTM/ЦВПИ
CFPS/TSTM/ЦВПИ avatar

TGINSIGHT POST

Post #351

@XMATM_IACIR

CFPS/TSTM/ЦВПИ

Просмотры326Количество просмотров
Опубликован30 апр.30.04.2024, 11:05
Содержимое поста

Содержимое

G'azo sektoridagi urush Isroil iqtisodiyotiga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda 📍Urushning davom etishi siyosiy xavflarni kuchaytirmoqda, Isroil🇮🇱institutlarini va moliyaviy qudratini zaiflashtirmoqda, buni bir kun avval Tel-Avivda bo'lib o'tgan hukumatga qarshi namoyishlar tasdiqlaydi. 📝 Avvalroq Al-Jazira telekanali mamlakat G‘azo sektoridagioperatsiyalar uchun sarflangan xarajatlar natijasida 56 milliard dollar zarar ko‘rgani haqida xabar bergan edi. 📊 2023-yilning so‘nggi choragida mamlakatiqtisodiyoti19,4 foizgaqisqardi, bu koronavirus pandemiyasidan keyingi eng keskin pasayishdir. Mamlakatda xususiy iste'mol esa 26,9 foizgakamaydi. 200 mingga yaqin isroilliklar yashash joylaridan evakuatsiya qilindi. 300 mingdan ortiq isroillik zahiradagi askarlarningharbiy xizmatga chaqirilishi tufayli mehnat bozori katta yo'qotishlarga uchradi. Jami eksport ham 18,3 foizga, texnologiya kompaniyalariga investitsiyalar esa 58 foizgakamaydi. Qurilish sektorihar haftamillionlab dollaryo'qotmoqda, ko'chmas mulk savdosi ko'rsatkichlari so'nggi 30 yildagi eng yomon natijalarni ko'rsatmoqda. Natijada, Fitch byudjyet taqchilligi 6,8foizga, qarzning YaIMga nisbati esa 65,7 foizga oshishini prognoz qilmoqda. Moody's ham Isroilning kredit reytingini A1 dan A2 ga tushirdi. So‘rov shuni ko‘rsatdiki, noyabr oyida Isroil aholisining taxminan 20 foizi urush boshlanganidan beri daromadning “kuchli” yoki “juda kuchli” pasayishi kuzatilganini aytdi. G‘azo sektori bundan ham katta yo‘qotishlarga uchradi. 🌐Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, infratuzilmaga etkazilgan umumiy zarar taxminan 18,5 milliard dollarni tashkil etadi, bu esa butun Falastin🇵🇸yalpi ichki mahsulotining 97 foiziga toʻgʻri keladi. Bu vayronagarchiliklar mintaqada keyingi falokatlarningoldini olish uchun tinch yo‘l bilan yechimizlash va zo‘ravonlikka chek qo‘yishzarurliginieslatadi.