Содержимое
Toshkentda xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda 2-3 may kunlari III Toshkent xalqaro investitsiya forumi o’z ishini boshladi. Ochilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqdi. Uch yil davomida Toshkent xalqaro investitsiya forumi nufuzli xalqaro investitsiya maydoniga aylandi, uning doirasida ikki va ko‘p tomonlama muzokaralar olib borilmoqda, ko‘plab shartnomalar tuzilmoqda, – takidlab o’tdi davlatimiz Rahbari. Forum nafaqat O‘zbekistonning🇺🇿energetika, infratuzilma, sayyohlik,raqamli iqtisodiyot, transport-logistika yo‘nalishlari va “yashil iqtisodiyot” sohasidagi salohiyatini namoyish etmoqda, balki Markaziy Osiyo bozorlariga chiqish uchun “tramplin” bo‘lib ham xizmat qilmoqda. Bu yil rekord darajadagi ishtirokchilar yig‘ilgani bejiz emas – forumda dunyoning 97 davlatidan 2,5 mingdan ortiq delegatlar ishtirok etmoqda. Bu raqamlar uning ahamiyati yil sayin ortib borayotganini yaqqol tasdiqlaydi. Investitsiya forumi doirasida “Linde”, “Orascom”, “DataVolt”, “Bonafarm”, “PASHA Holding” kabi kompaniyalar ishtirokida yangi yirik loyihalar ishgatushirilmoqda.