Содержимое
XMATMda rossiyalik jurnalist bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi Bir kun avval XMATMda“Nezavisimaya gazeta”ning yaqin xorij mamlakatlari siyosati bo‘limining taniqli kuzatuvchisi Viktoriya Panfilova ishtirokida mahorat darsi va suhbat bo‘lib o‘tdi. Tadbirda XMATM ilmiy xodimlari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari, shuningdek, “Dunyo” axborot agentligi jurnalistlari ishtirok etdi. Interaktiv muloqot formatida jurnalistik uslubda tahliliy maqolalar yozish texnikasi, dolzarb mavzularni tanlash va ommaviy nashrlar talablariga javob beradigan materiallarni tuzish bo‘yicha tajriba almashinuvi bo’lib o’tdi. Mehmonimizning Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlaridagi siyosiy voqealarni yoritish bo‘yicha boy tajribasini inobatga olib, mintaqaviy jarayonlarning istiqbollari bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi. Amaliy xarakterdagi juda qiziqarli suhbat bo'lib o'tdi, bu ishtirokchilarga axborot makonini to'ldirish sharoitida manbalar bilan ishlash bo'yicha qimmatli bilim va tavsiyalar olish imkonini berdi.