Содержимое
XMATMda gollandiyalik ekspertlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi 🇳🇱 Niderlandiyaning“Clingendael”xalqaro munosabatlar instituti tadqiqotchilari Niels Drost va Giulia CrettiXMATMning mehmonlari bo'lishdi. Clingendael Gaagada joylashgan mustaqil tahlil markazi va xalqaro munosabatlar akademiyasi. Bu mamlakatning xalqaro munosabatlar sohasidagi yetakchi tahlil markazidir. Xalqaro siyosatga oid har oylik “Spectator” onlayn-jurnalini nashr etadi. Uchrashuvda Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorligida erishilgan yutuqlar va kelgusida integratsiyalashuv uchun mamlakatlar oldida turgan vazifalar atroflicha muhokama qilindi. “5+” formatidagi oʻzaro hamkorlikning dolzarb masalalariga, ayniqsa, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi. Hamkasblar bilan energetika, transport, suv resurslari va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarigae’tibor qaratildi. Ikki tadqiqot markazlari o‘rtasida hamkorlikni davom ettirish va Yevropa-Markaziy Osiyo o‘zarobog‘liqligi masalalari bo‘yicha ilmiy aloqalarni davom ettirishgakelishib olindi.