Содержимое
Toshkentda iqlim o‘zgarishi va moslashuv masalalari muhokama qilindi 🏷6-7-may kunlari ToshkentdaIqlim oʻzgarishi va moslashuv masalalariga bag’ishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. BMTning Taraqqiyot dasturi, Yashil iqlim jamg‘armasi va O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi konferensiyaning tashkilotchilaridir. Tadbirda Ozarbayjon🇦🇿, Qozog'iston🇰🇿, Qirg'iziston🇰🇬, Tojikiston🇹🇯, Turkmaniston🇹🇲, davlat va nodavlat tashkilotlari, ilmiy hamjamiyat va xalqaro rivojlanish agentliklari hamda moliya institutlari vakillari ishtirok etishdi. 🖇Xususiy sektor va innovatsion moliyalashtirishmexanizmlarini jalb qilish imkoniyatlarini hisobga olgan holda moslashuv tadbirlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashi asosiy mavzuboʻldi. 🗣 Konferensiya davomida iqlim o'zgarishining Markaziy Osiyo mintaqasiga ta'siri ham faol muhokama qilindi. Markaziy Osiyo mamlakatlari iqlim o‘zgarishiga eng zaif davlatlar hisoblanadi. Bu yerda harorat o‘rtacha global ko‘rsatkichdan 1,7 barobar tezroq ko‘tarilib, muzliklarning qisqarishi, suv resurslarining yomonlashishi kabi jiddiy oqibatlarga olib keladi. 📍Bu oʻzgarishlar allaqachon mintaqadagi odamlar hayotiga katta taʼsirkoʻrsatmoqda, jumladan, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda iqlim xavf-xatarlari tufayli sogʻliq uchun tahdidlar. 🗓 Iqlim oʻzgarishi taʼsirini yumshatish va unga moslashish saʼy-harakatlar Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish boʻyicha global strategiyalarning ajralmas qismiga aylanishi kerak.