Содержимое
XMATMda rossiyalik siyosatshunos bilan uchrashuv bo'lib o'tdi🇷🇺 XMATMdaMGIMO Xalqaro tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi, “Xalqaro analitika” jurnali bosh muharriri Sergey Markedonov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. 🗓️XMATM va SMTI mutaxassislari ishtirokidagi savol-javob uchrashuvida Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Quyidagilarga alohida e'tibor qaratildi: 🔹Janubiy Kavkaz mamlakatlaridagi hozirgi voqeliklarni tahlil qilish; 🔹Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlari transport infratuzilmasidan foydalanish istiqbollari; 🔹tashqi kuchlarning ushbu mintaqalarning siyosiy manzarasiga ta'siri; 🔹mojarolarni va mavjud xavfsizlik muammolarini hal qilish istiqbollari; 🔹Markaziy Osiyoda siyosiy dinamika va barqaror rivojlanishning asosiy jihatlari. 🗣️ Ushbu batafsil suhbat MDH makonidagi mavjud jarayonlar bo'yicha qimmatli xulosalar chiqarish va uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish bo'yicha qiziqarli g'oyalarga kelish imkonini berdi.