Содержимое
XMATMda hindistonlik ekspert bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi Ochiq muloqot tarzidaxalqaro maslahatchi, AMC Overseas xolding direktoriSuvra Chakraborty bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Iqtisoqiy tadqiqotlar vaislohotlar markazi hamda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari ham ishtirok etishdi. Uchrashuv mavzusi Oʻzbekistonning jahon bozorlarida zamonaviy sharoitlarda savdosi istiqbollarini muhokama qilishga bagʻishlandi. Muhokama chog‘ida ta’kidlanganidek, O‘zbekistonga potentsial hamkorlar va investorlar e’tiborini jalb qilishda yordam beradiganasosiy omillardan biri madaniy, siyosiy va iqtisodiy diplomatiya sinergiyasidir. Madaniyat milliy tovarlarga hamrohlik qilishda muhim omil bo‘lib, yetib borish qiyin bo‘lgan ko‘plab eshiklarni ochadi. Bu soha o'z-o'zidan sanoatdir, uni rivojlantirish va ilgari surish yangi savdo imkoniyatlarini jalb qilishga yordam beradi. Suhbat yakunida O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda katta yo‘l bosib o‘tgani, eksportni diversifikatsiya qilish strategiyasining muhim yo‘nalishi mamlakatimizning xorijda ham e’tirofini oshirishdan iborat ekanligi ta’kidlandi.