Содержимое
O‘zbekistondan olingan suratlar Italiyadagi ko‘rgazmada namoyish etilmoqda 25 may kuni Rimda moda olamining eng mashhur fotograflaridan biri Mario Testinoning“A Beautiful World” ko'rgazmasiochildi. Mario Testino - britaniyalik fotograf, moda fotografiyasining eng muhim ustalaridan biri. Observer uni "moda sanoatidagi eng muvaffaqiyatli fotograf" deb ataydi. U Keyt Moss, Madonna, Naomi Kempbell va malika Diana kabi mashhur kishilarning innovatsion fotosuratlari bilan tanilgan. Oxirgi yetti yil ichida fotograf 30 dan ortiq davlatning madaniy merosiga sho‘ng‘ib, yangi ijodiy yo‘nalishni ochdi. Sayohatlar uni jahon madaniy merosiningxilma-xilligi va go'zalligini aks ettiruvchi noyob asarlar yaratishga ilhomlantirdi. Ushbu ishning natijasiRimda birinchi marta taqdim etilgan 70 ga yaqin katta formatli fotosuratlardir. Ko‘rgazmada O‘zbekistonda suratga olingan asarlar taqdim etilgan. Fotosuratchi Toshkent, Buxoro, Xiva va Samarqandda ishlagan. Ko‘rgazmada qoraqalpog‘istonlik, surxondaryolik va buxorolik kelinlar suratlari, hamda kurashchining suratlari o‘rin olgan. O‘zbekistonning mazkur ko‘rgazmadagi ishtiroki xalqaro auditoriyaga mamlakatimizning turli mintaqalarining madaniy va tarixiy boyligini aks ettiruvchi noyob fotosuratlarni taqdim etish imkonini beradi. Loyihada globallashuv sharoitida milliy an’analarni asrab-avaylash va ommalashtirish muhimligi ham ta’kidlangan.