Содержимое
XMATM direktori Oʻzbekiston-Turkiya simpoziumida ishtirok etmoqda 3-iyun kuni Anqara shahridagi Turkiya Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Milliy kutubxonada “O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorligi – keng qamrovli kelajak istiqbollari” ekspert simpoziumi bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi hamda Turkiyaning “EkoAvraziya” jamg‘armasi hamkorligida tashkil etildi. Turkiya tomonidanSavdo vazirligi rahbariyati, O‘zbekiston-Turkiya parlamentlararo guruhi, Savdo palatasi, parlament deputatlari va yetakchi oliy o‘quv yurtlari professorlari ishtirok etadi. Oʻzbekiston tomonidanXMATM direktori hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, jamoatchilik vakillari ishtirok etadi. Kun tartibidaO‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik hamkorlik va abadiy do‘stlikni rivojlantirishga doir qator masalalarini muhokama qilish.