Содержимое
ShHT Forumining XIX majlisi Toshkentda“Yangi sharoitlarda ShHTning roli: umumjahon xavfsizlik, barqarorlik va farovonlik yo‘lida sa’y-harakatlarni birlashtirish” forumi o‘z ishini boshladi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etildi. O‘zbekiston tomonidanXMATM, TIV va MOXI rahbarlari va ekspertlari ishtirok etmoqda. ShHT ekspert hamjamiyatiQozog'iston strategik tadqiqotlar instituti, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy strategik tadqiqotlar instituti, Rossiya Fanlar akademiyasi Xitoy va Zamonaviy Osiyo instituti, Belarusiya strategik tadqiqotlar instituti, MGIMO, Xitoy xalqaro munosabatlar akademiyasi va boshqa ilmiy muassasalarning yetakchi tadqiqotchilaridan iborat. Kun tartibida ShHT doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, shuningdek, hozirgi rivojlanish bosqichida Tashkilot faoliyati samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qilish.