Содержимое
XMATM direktori SETAga tashrif buyurdi Sanjar Valiev Turkiyaga ish safari doirasida Anqara shahridagi Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar jamgʻarmasi (SETA)bosh koordinatori Nebi Mis va markaziy apparati boʻlim boshliqlari bilan uchrashdi. SETA jamg'armasi mustaqil, notijorat va partiyasiz tahlil markazidir, uning Turkiyaning yirik shaharlarida va jahon davlatlarining poytaxtlarida ofislari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MirziyoyevningTurkiyagarasmiy tashrifi arafasidaikki mamlakat o‘rtasidagi har tomonlama strategik hamkorlik va abadiy do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashning mumkin bo‘lgan yo‘llari yuzasidan samarali fikr almashildi. Ikki tomonlama kun tartibinisavdo-sanoat kooperatsiyasi,sarmoyaviy, texnologik va innovatsion hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, shuningdek, keng ko‘lamli gumanitar almashinuvlarni amalga oshirishga qaratilgan yangi amaliy loyihalar bilan to‘ldirishga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha xalqaro munosabatlar va mintaqaviy hamkorlik sohasida aniq qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish rejalashtirilgan.