Содержимое
XMATM direktori SAMda uchrashuvni o'tkazdi Sanjar ValievAnqaradaTurkiya Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Strategik tadqiqotlar markazirahbariyati bilan uchrashdi. Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Strategik tadqiqotlar markazi (SAM) tahliliy va tadqiqot markazi hisoblanadi. Turkiya tashqi siyosati masalalari yuzasidan ilmiy baho beradi. Uchrashuv davomidaxalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalar, O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish istiqbollari, shuningdek, ko‘p tomonlama formatdagi sheriklik munosabatlarini muvofiqlashtirish yuzasidan samarali suhbat bo‘lib o‘tdi. Tashqi siyosat idoralarining tahliliy markazlari o‘rtasidagisamarali aloqalar mamnuniyat bilan qayd etildi va kelgusida dolzarb mavzular bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirildi. Ikki davlat Strategik hamkorlik kengashi faoliyatini ekspertlar tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan doimiy aloqalarni davom ettirish bo‘yichakelishuvlarga erishildi.