TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← CFPS/TSTM/ЦВПИ
CFPS/TSTM/ЦВПИ avatar

TGINSIGHT POST

Post #534

@XMATM_IACIR

CFPS/TSTM/ЦВПИ

Просмотры393Количество просмотров
Опубликован8 июн.08.06.2024, 08:03
Содержимое поста

Содержимое

XMATM va Rossiya Fanlar akademiyasining Xitoy va Zamonaviy Osiyo instituti davra suhbatini o'tkazishdi Bir kun avval XMATMdaRossiya Fanlar akademiyasining Xitoy va Zamonaviy Osiyo institutiilmiy rahbari va ekspertlari ishtirokida davra suhbatibo‘lib o‘tdi. Rossiya Fanlar Akademiyasining Xitoy va Zamonaviy Osiyo instituti Osiyodagi siyosat, iqtisodiyot, madaniyat va ijtimoiy jarayonlarni o'rganish bo'yicha Rossiyaning yetakchi ilmiy-tahliliy markazidir. Suhbat davomida mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi, yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ShHT forumi yakunlari ko‘rib chiqildi. Ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish mexanizmlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Mintaqa rivoji bilan bog‘liq muhim masalalarga bag‘ishlangan qo‘shma ilmiy konferensiyalar, davra suhbatlarini muntazam ravishda tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Ilmiy-tadqiqot va tahliliy faoliyat doirasidagi almashinuvlarni davom ettirish, shuningdek, hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashgakelishib olindi.