TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← CFPS/TSTM/ЦВПИ
CFPS/TSTM/ЦВПИ avatar

TGINSIGHT POST

Post #549

@XMATM_IACIR

CFPS/TSTM/ЦВПИ

Просмотры332Количество просмотров
Опубликован10 июн.10.06.2024, 14:00
Содержимое поста

Содержимое

XMATMda xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi 10 iyun kuni “Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik: holati, muammolari va istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markazi tomonidan Rossiya Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi. KonferensiyadaO‘zbekiston, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlaridan yetakchi ekspert va olimlar ishtirok etishdi. Ish davomida xalqaro hamjamiyatning Afgʻonistonga oid siyosatidagi dolzarb tendentsiyalar, shuningdek, ushbu mamlakatda infratuzilma loyihalarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi. Ekspertlar uchrashuvi mintaqaviy siyosat va xavfsizlikning murakkab jihatlarini chuqurroq tushunishga xizmat qilib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan fikr almashish imkonini berdi.