Содержимое
KAMKA forumida XMATM direktori so'zga chiqdi XMATM direktori Sanjar ValievMarkaziy Osiyo va Afgʻonistonga bagʻishlangan plenar sessiyada soʻzga chiqdi. Nutq davomida qo‘shni davlatdagi vaziyatning rivojlanishi va uzoq muddatli tendentsiyalarga har tomonlama baho berildi. O‘zbekiston afg‘on muammosini hal qilishning asosiy mintaqaviy ishtirokchisi sifatida qo‘shni davlatda oddiy va tushunarli maqsadlarni ko‘zlaydi, jumladan: 🔹barqarorlik va xavfsizlikni saqlash; 🔹strategik ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish; 🔹transport o'zaro bog'liqligini shakllantirish; 🔹ikki tomonlama kun tartibidagi transchegaraviy muammolarni hal qilish. Afg'oniston qo'shnilari uchun qisqa va o'rta muddatli istiqbolda ishchi aloqalarni davom ettirish, xalqaro muloqotda ishtirok etish, chegara xavfsizligini ta'minlash, terrorchilik tashkilotlari faoliyatini to'xtatish, iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish muhimligi ta'kidlandi. Xulosa qilib aytganda, Afg'onistondagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning yomonlashishiga yo'l qo'yib bo’lmasligialohida ta'kidlandi.