TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← CFPS/TSTM/ЦВПИ
CFPS/TSTM/ЦВПИ avatar

TGINSIGHT POST

Post #578

@XMATM_IACIR

CFPS/TSTM/ЦВПИ

Просмотры401Количество просмотров
Опубликован14 июн.14.06.2024, 14:00
Содержимое поста

Содержимое

"Global tinchlik indeksi 2024" Global tinchlik Indexhisobotining18-versiyasi chop etildi, unda O‘zbekiston avvalgi ko‘rsatkichni 15 pog‘onaga yaxshilagan holda 60-o‘rinniegalladi. Iqtisodiyot va Tinchlik Instituti tomonidan ishlab chiqilganGlobal Tinchlik Indeksi (GPI) global tinchlikni oʻlchash boʻyicha dunyodagi yetakchi vosita boʻlib, 163 ta mustaqil davlat va hududlarni tinchlik darajasi bo'yicha tartiblaydi va dunyo aholisining 99,7 foizini qamrab oladi. Tadqiqotga ko‘ra, so‘nggi 10 yil ichida vaziyat sezilarli darajada yomonlashgan. Hozirda dunyoda 56 ta faol mojaro mavjud. Past intensivlikdagi mojarolarning ochiq harbiy harakatlarga aylanib borishi xavfi sezilarli darajada oshdi. Tahlilning asosiy nuqtalari quyidagilardan iborat: 🔹oxirgi 5 yil ichida 100 ta davlat biron-bir shaklda tashqi mojarolarda qisman boʻlsada ishtirok etgan, 2008 yilda bu koʻrsatkich 59 ta boʻlgan; 🔹86 ta davlat nisbiy harbiy xarajatlarni oshirdi va faqat 50 ta davlat uni kamaytirdi; 🔹hozirda 95 milliondan ortiq odam qochqin yoki ichki ko'chirilgan; 🔹16 ta davlatda aholining besh foizdan ortig'i - majburiy ko'chirilgan shaxslar; 🔹92 ta davlat oʻz chegaralaridan tashqaridagi mojarolarda ishtirok etmoqda. Taʼkidlanishicha, mojarolarda ishtirok etayotgan davlatlar sonining oʻsish tendentsiyasi uzoq muddatli asosda muzokaralar olib borish va nizolarni hal qilishni qiyinlashtiradi. Mojarolarning baynalmilallashuviyirik davlatlar oʻrtasidagi raqobatning kuchayishi va oʻrta darajadagi davlatlarning oʻz mintaqalarida faollashishi bilan bogʻliq boʻlib, bu oʻtgan yillarga nisbatan yangi yirik mojarolar ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.