TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← CFPS/TSTM/ЦВПИ
CFPS/TSTM/ЦВПИ avatar

TGINSIGHT POST

Post #682

@XMATM_IACIR

CFPS/TSTM/ЦВПИ

Просмотры368Количество просмотров
Опубликован12 авг.12.08.2024, 05:30
Содержимое поста

Содержимое

🏅O'zbekiston Olimpiadada tarixiy rekord o'rnatdi 🇺🇿 Parijda 2024-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariyakunlandi. Joriy o‘yinlar natijalariO‘zbekistonningyuksalib borayotgan sport davlati maqomini ta’minladi. Medallar hisobida mamlakatimiz jahonda13-o‘rin, Osiyoda3-o‘rin, MDHda1-o‘rin, Markaziy Osiyoda1-o‘rinni egalladi. O‘zbekistonlik sportchilar yuksak natijalarga erishishdi. 🥇D.Keldiyorova, dzyudo (Yozgi o'yinlardagi birinchi “oltin”); 🥇L.Mullojonov, boks; 🥇H.Dusmatov, boks (hozirda ikki karra chempion); 🥇A.Muydinkhujaev, boks; 🥇R.Jamalov, erkin kurash; 🥇A.Khaloqov, boks; 🥇B.Jalolov, boks (hozirda ikki karra chempion); 🥇U.Rashitov, taekvondo (hozirda ikki karra chempion); 🥈S.Osipova, taekvondo; 🥈A.Djuraev, og'ir atletika; 🥉G.Abdullaev, erkin kurash; 🥉M.Turoboyev, dzyudo; 🥉A.Yusupov, dzyudo. Ushbu yutuqlar mamlakatimizda sportni rivojlantirish borasidagi tizimli sa’y-harakatlar va mashaqqatli mehnat tufayli amalga oshirildi. Bu galgi Olimpiadaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, mintaqa sportchilari uchun Markaziy Osiyoning barcha davlatlaridan kelgan muxlislarning misli ko‘rilmagan birligidir. Agar besh mamlakat 2024 yilgi Yozgi Olimpiya o‘yinlarida bir jamoa bo‘lib ishtirok etganida, ular umumiy medallar reytingida kuchli o‘ntalikka kirishi mumkin edi. Umumiy hisobda Markaziy Osiyo jamoalari 🥇9, 🥈7 va 🥉13 ta medal (jami 29 ta medal) qo‘lga kiritdi. Yaqin kelajakda bunday istiqbol haqida o'ylab ko’rish mumkin. Bu sport infratuzilmasini, sportchilarni tayyorlash dasturlari va tajriba almashishnibirgalikda rivojlantirish, mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan mintaqaviy sport dasturlarini yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.