TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← CFPS/TSTM/ЦВПИ
CFPS/TSTM/ЦВПИ avatar

TGINSIGHT POST

Post #814

@XMATM_IACIR

CFPS/TSTM/ЦВПИ

Просмотры3,580Количество просмотров
Опубликован27 сент.27.09.2024, 14:00
Содержимое поста

Содержимое

Hurmatli obunachilar! Aziz do'stlar! Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar, shuningdek, tashqi siyosiy faoliyatni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar doirasida hayotimizda ham jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bundan buyon Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markaziO‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagiTashqi siyosat tadqiqotlari va xalqaro tashabbuslar markazi deb qayta nomlandi. O‘zgarishlar munosabati bilan Markaz tashqi siyosat, tashqi iqtisodiy faoliyat va xalqaro siyosiy-iqtisodiy aloqalar sohasida keng qamrovli tadqiqotlar olib boradi, xalqaro maydonda milliy manfaatlarni amalga oshirish uchun samarali strategiyalarni ishlab chiqishga hissa qo‘shadi. Yangi tuzilma va qo‘shimcha vazifalarni olgan holda jamoamiz xalqaro munosabatlar sohasidagi ilmiy ishlarni kuchaytirish, Yangi O'zbekiston tashqi siyosatini axborot-tahliliy qo'llab-quvvatlashga hissa qo'shish imkoniyatiga ega bo'ladi. Kanalga o’tish: https://t.me/XMATM_IACIR