TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← CFPS/TSTM/ЦВПИ
CFPS/TSTM/ЦВПИ avatar

TGINSIGHT POST

Post #840

@XMATM_IACIR

CFPS/TSTM/ЦВПИ

Просмотры626Количество просмотров
Опубликован3 окт.03.10.2024, 12:04
Содержимое поста

Содержимое

Turkiy davlatlar tashkiloti Naxichevan kelishuvining 15 yilligi munosabati bilan 3 oktyabr kuni Naxichevan davlat universitetida “Turkiy davlatlar tashkiloti Naxichevan kelishuvining 15 yilligi munosabati bilan” deb nomlangan xalqaro konferensiya boshlandi. Konferensiya Ozarbayjon Xalqaro munosabatlarni tahlil qilish markazi tomonidan Turkiy davlatlar tashkiloti kotibiyati bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbir tashkilotga aʼzo davlatlar oʻrtasida oʻzaro ishonchni mustahkamlash, umumiy manfaatlarga ega boʻlgan sohalarda mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish boʻyicha TDT faoliyatining rivojlanishini tahlil qilish va baholashga bagʻishlangan. Ekspert muhokamalari 4 ta sessiyadao'tkaziladi, jumladan: 🔹TDT doirasidagi geosiyosiy o'zgarishlar; 🔹TDT doirasida xavfsizlik sohasida hamkorlik; 🔹tashkilotga a'zo davlatlar o'rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalari; 🔹energetika va transport sohasida hamkorlik. Anjumanda Tashqi siyosat tadqiqotlari va xalqaro tashabbuslar markazi delegatsiyasi ishtirok etmoqda.