TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← ASTERIUM
ASTERIUM avatar

TGINSIGHT POST

Post #115

@asteriumwallet

ASTERIUM

Просмотры281Количество просмотров
Опубликован28 авг.28.08.2025, 16:20
Содержимое поста

Содержимое

🆕🆕🆕🆕 ⚡️Asterium Kripto-dayjest: kunning eng muhimlari 🔝AQSh blokcheynda makro ma’lumotlarni e’lon qila boshladi Savdo vazirligi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni Chainlink orqali joylashtirdi, ma’lumotlarni tekshirish va tarqatish uchun esa Pyth Network’ni tanladi. Bundan tashqari, hukumat YAIM bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida bir nechta tarmoqlarda — Bitcoin, Ethereum, Solana, TRON, Stellar, Avalanche, Arbitrum va Polygon — e’lon qildi. 🆕Tether Bitcoin tarmog‘ida RGB orqali USDT’ni ishga tushirmoqda Integratsiya aktivni bevosita Bitcoin tarmog‘ida o‘tkazishga, uni BTC bilan birgalikda bitta hamyonda saqlashga va maxfiy hamda masshtablanuvchi tranzaksiyalardan, jumladan oflayn o‘tkazmalardan foydalanishga imkon beradi. 🔗Filippinlar byudjet statistikalarini taqsimlangan reyestrga o‘tkazmoqchi Qonunchilar davlat moliyasining shaffofligini oshirish va xarajatlarni nazorat qilish uchun texnologiyadan foydalanishni taklif qilmoqda. Qiziqarli jihati shundaki, bundan bir kun avval AQSh hukumati ham shunga o‘xshash yechimni joriy qilishini e’lon qilgan edi — YAIM hisob-kitobi kabi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar taqsimlangan reyestrda e’lon qilinadi. 💵Linklogis ta’minot zanjirlariga XRP Ledger’ni integratsiya qildi Xitoyning yirik fintex kompaniyasi raqamli moliyalashtirish uchun taqsimlangan reyestrni joriy etdi, bu esa yetkazib beruvchilarga to‘lovlarni tezroq va arzonroq olish imkonini beradi. Integratsiya global savdoda texnologiyani qo‘llashning eng yirik real keýslaridan biriga aylandi. 🤡Metavers davri pasaymoqda The Sandbox ishlab chiquvchisi xodimlarning yarmidan ko‘pini qisqartirmoqda va strategiyani o‘zgartirib, virtual olamlarni rivojlantirish o‘rniga mem-koinlarni ishga tushirish platformasiga e’tibor qaratmoqda. @asterium / #digest