Содержимое
🆕🆕🆕🆕 ⚡️Asterium Kripto-dayjest: kunning eng muhimlari 💸YEI Ethereum va Solana’da raqamli yevroni sinovdan o‘tkazmoqda OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi raqamli yevroni Ethereum yoki Solana taqsimlangan reyestrlari asosida ishga tushirishni ko‘rib chiqmoqda. Bu qadam texnologiyadan foydalanishni kengaytirishi va hisob-kitoblarning samaradorligini oshirishi mumkin. 💸Filippin Bitcoin’da strategik zaxira yaratishi mumkin HB 421 qonun loyihasiga ko‘ra, besh yil davomida har yili 2,000 BTC sotib olinadi va aktivlar kamida 20 yil davomidasaqlanadi. Tashabbusning maqsadi — milliy zaxiralarni diversifikatsiya qilish. 🔝Ripple Yaponiyada RLUSD’ni ishga tushiradi Kompaniya 2026-yilning I choragida RLUSD ta’minlangan instrumentini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu Ripple’ning Osiyo mintaqasidagi mavqeini mustahkamlaydi. 📈Coinbase ta’minlangan instrumentlar bozori $1,2 trln ga yetishini bashorat qilmoqda Kompaniya sharhiga ko‘ra, 2028-yilga borib bu bozor $1,2 trlnga yetishi mumkin. Bu esa har hafta AQSh g‘aznachilik obligatsiyalariga talabni $5,3 mlrd darajaga olib chiqadi. Bungacha shunga o‘xshash prognozlarni AQSh moliya vaziri va “kripto-podshoh” Devid Saks ham bildirgan edi. 💎TON NFT 2.0’ni royalti himoyasi bilan ishga tushirishga tayyorlanmoqda Yangi standartga ko‘ra, agar muallifga to‘lov buzilsa, token avtomatik ravishda «royalty_violation = true» deb belgilanadi, uning tasviri xira qilinadi va qo‘llab-quvvatlovchi marketpleyslarda savdo bloklanadi. Shu bilan birga, sovg‘alar va hamyonlar orasidagi o‘tkazmalar royalti bilan soliqqa tortilmaydi. @asterium / #digest