TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← BASTION
BASTION avatar

TGINSIGHT POST

Post #19977

@bastiongr

BASTION

Просмотры15,500Количество просмотров
Опубликован16 апр.16.04.2026, 03:18
Содержимое поста

Содержимое

#обуначиларимиздан#таҳрирсиз “Assalamu alekum. Hukumatimiz tomonidan tadbirkorlarga berilgan keng imkoniyatlar sababidan mahallamizda ham zamonaviy ko'rkam ko'p qavatli uy joylar barpo qilinmoqda qurilish obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Andijon shahar Qalandarxona MFY ham Buxoro ko'chasiga kirishda yo'lning ikki tomonida yangi ko'p qavatli uylar bunga misol bo'la oladi Bunday inshootlar bo'lgani yaxshi bundan faqat va faqat hursand bo'lamiz lekin bu davlat mablag'lari hisobiga ta'mirdan chiqarilgan yo'lni yaroqsiz holatga keltirish piyodalar uchun ajratilgan trutuarni qurilish chiqindilari bilan to'ldirib obodonlashtirilgan joylarni himoya lentalari bilan to'sib qo'yib aholini avtomobillar qatnov qismidan yurishga majbur qilishga ruxsat beriladi degani emas. Ko'cha 2 yil muqaddam Al-Xorazmiy nomidagi maxsus maktabga muhtaram Prezidentimiz tashrifi munosabati bilan yangidan asfaltlangan. Bundan barchamizni xabarimiz bor. Yo'lning aynan qurilish ishlari olib borilgan maydon atrofidagi qismi jiddiy zarar ko'rgan (bunga sabab qurilish ishlarini amalga oshirish uchun maxsus texnikalarni o'sha hududda ko'p marta va uzoq muddat harakatlanishi) va yo'ldan aholi shaxsiy ehtiyoji uchun suv va kanalizatsiya o'tkazish maqsadida kovlangan hududlarida ham zarar yetgan qismlar mavjud. 2026 yil 1 aprel kuni Qalandarxona MFY telegram kanalida "Vaziyatga jamoatchilik nazoratini o'rnatib faollar bilan bartaraf qilish choralarini ko'rmasak davlat mablag'lari sarfi behuda ketgan bo'ladi mahalla aholisi esa abgor va chang loy ko'chalardan yurishga majbur bo'ladi" degan mazmunda murojaat joylangan edi afsuski MFY ma'sullari tomonidan e'tiborga olinmadi. Hurmatli Andijon shahar rahbariyati va tegishli tashkilotlar ma'sullari yuqoridagilarni inobatga olib vakolatingiz doirasida yo'lga zarar yetkazgan tadbirkorlar va aholi bilan birgalikda tegishli chora tadbirlarni amalga oshirishingizni so'rab qolaman. BASTION jamoasi sizlarga rahmat xalqni ichidagi muammolarni yoritib ma'sullar tomonidan bartaraf qilinishiga sababchi bo'lyapsizlar. Ishlarga muvaffaqiyat charchamanglar.“ - дейилмоқда хабарда. "BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!👇 @bastiongr