TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← BASTION
BASTION avatar

TGINSIGHT POST

Post #19978

@bastiongr

BASTION

Просмотры14,500Количество просмотров
Опубликован16 апр.16.04.2026, 04:27
Содержимое поста

Содержимое

#обуначиларимиздан#таҳрирсиз “Men — Abdullayeva Sayyora Abduvohidovna. 2024-yil 16-avgust kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida 24 yoshli yagona o‘g‘lim — Nurullayev Javoxirdan ayrildim. U 2 oy davomida shifoxonada og‘ir ahvolda hayot uchun kurashdi, ammo vafot etdi. Uni “Range Rover” rusumli avtomobil boshqaruvida bo‘lgan Berdiyeva Nilufar Izzatilla qizi urib yuborgan. Hodisa vaqtida avtomobilda uning turmush o‘rtog‘i Berdiyev Najmiddin Komolitdinovich ham bo‘lgan. Eng og‘riqli jihati — o‘g‘lim yo‘l chetida og‘ir ahvolda yotgan paytda unga amaliy yordam ko‘rsatilmagan, shifoxonaga yetkazish chorasi ko‘rilmagan. O‘g‘lim 2 oy shifoxonada yotgan davrda ham ular biror marta xabar olish uchun kelishmadi. Bu na qonunga, na insoniylikka to‘g‘ri keladi. Bir yil avval turmush o‘rtog‘imdan ayrilgan edim. O‘g‘lim mening hayotdagi so‘nggi tayanchim edi. Mazkur ish bo‘yicha sud aybdorga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi. Inson o‘limi bilan yakunlangan hodisa uchun bunday jazo qanchalik adolatli ekanini tushunish men uchun juda og‘ir. 24 yoshli yigitning hayotiga nuqta qo‘yilgan bo‘lsa, uning evaziga faqat uyida erkinligini cheklab qo‘yish adolat mezoniga qanchalik mos keladi? Bugun u o‘z oilasi davrasida, farzandlari bilan birga yashab turibdi. Men esa yagona o‘g‘limni qabrga qo‘yib, uyimda yolg‘iz qoldim. Shu holatning o‘zi jazoning adolatli yoki adolatsiz ekanini ko‘rsatmaydimi? Shuningdek, sud mening foydamga 200 million so‘m ma’naviy zarar undirishni belgilagan. Ammo oradan oylar o‘tsa-da, bu hamon to‘lanmagan. Bundan ham og‘iri — hukm ijrosi ustidan nazorat deyarli sezilmayapti. Mahkum ko‘chada bemalol yuribdi. Nazorat qiluvchi organ Probatsiya N.Berdiyevaning uyda bo'lishi belgilangan vaqtda ko'p marotaba uyda emasligi aniqlanganligi sabab dalolatnomalar rasmiylashtirib jazoni og'irlashtirish uchun sudga bir necha marotaba kiritilgan taqdimnomalar rad etildi. Tergov va sud jarayonlari davomida mavjud bo‘lgan qimmatbaho “Range Rover” avtomobili keyinchalik go‘yoki boshqa shaxslarga tegishli bo‘lib chiqqani haqidagi holatlar ham meni jiddiy o‘ylantiradi. Majburiy ijro tomonidan real undiruv choralari ko‘rilayotgani sezilmayapti. Bir ona uchun bu mablag‘ o‘g‘limning o‘rnini bosa olmaydi. Ammo bu — sud tomonidan tan olingan adolat mezoni. Agar sud qarori ijro etilmasa, u qog‘ozda qolib ketadi. Bugun mening murojaatim shaxsiy alam emas. Bu — inson o‘limi bilan bog‘liq ishda tayinlangan jazo, hukm ijrosi ustidan nazorat va sud hujjatining amalda bajarilmayotgani haqida jamoatchilikka murojaatdir. Adolat faqat hukm chiqarish bilan emas, uni amalda ijro etish bilan qaror topadi. “ - дейилмоқда. "BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!👇 @bastiongr