TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← BASTION
BASTION avatar

TGINSIGHT POST

Post #19982

@bastiongr

BASTION

Просмотры16,900Количество просмотров
Опубликован16 апр.16.04.2026, 08:51
Содержимое поста

Содержимое

#обуначиларимиздан#таҳрирсиз “Babayanni olib kelib Andijon halqini va viloyat hokimini aldashgan ma’sullar jazolanishi shart! Samvel Babayanning "Andijon"ni tark etganini, aniqrog‘i haydalganini eshitib juda xursand bo‘ldik. Viloyat hokimi Babayanni ishdan haydavorib to‘g‘ri ish qilganini butun O‘zbekiston aytmoqda. Yil boshida viloyat hokimi tomonidan "Andijon" futboliga katta e’tibor berilgani, jamoani sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan darajaga olib kelishini aytgani hamma andijonliklarni xursand qilgandi. Lekin, Samvel Babayanning "Andijon"ga bosh murabbiy bo‘lib kelishini eshitganimizdan keyin viloyat hokimining shuncha sa’y-harakati bir tiyin bo‘lishini taxmin qilish qiyin emasdi. Aslida Babayanni olib kelish viloyat futbol federatsiyasidagi Begzoddan chiqqan fikr bo‘lgan. Buni fan-klub rahbari N.To‘ychiyev qo‘llab-quvvatlagan va viloyat hokimligidagi futbolga ma’sul xodimlarga Begzod Babayan bilan chempion bo‘lishiga ishontirgan. Viloyat hokimimiz atrofidagi yigitlarning gapiga ishongani uchun Babayanni kelishiga rozi bo‘lgandi, lekin aslida viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov aldanayotganini bilmagandi. Bu bilan nima demoqchimiz, yilni boshidagi orzularimiz armonga aylandi, chempion bo‘lish uyoqda tursin, endi sovrinli o‘rinlar uchun ham kurashish imkoniyati deyarli yo‘qoldi. Viloyat hokimimizning shuncha qilgan e’tibori, ajratgan mablag‘lari osmonga uchdi. Bu bilan Babayanni olib kelganlar jazosiz qolmasligi kerak, chunki aynan ularning tashabbusi bilan kelgan Babayan andijonlik millionlab muxlislarning orzusini armonga aylantirishdan tashqari, respublikada sharmanda qildi. Hurmatli Shuhratbek Qo‘shaqboyevich, Siz Andijon halqini rozi qilish uchun joningizni ayamasligingizni bir necha marta guvohi bo‘lganmiz. Halqni rozi qilish va prezidentimiz topshiriqlarini so‘zsiz birinchi navbatda sifatli qilib bajarish bo‘yicha Respublikada yetakchi o‘rinlarda yurishingiz bizni xursand qiladi. Hurmatli Shuhratbek Qo‘shaqboyevich, yil boshida sizning tashabbusingiz bilan ajratilgan millardlab mablag‘ni ko‘kka sovurilishiga sababchi bo‘lgan va Sizni aldab Samvel Babayanni "Andijon" jamoasiga bosh murabbiylikka olib kelgan ma’sullarni (futbol federatsiyasidagi Begzod va uning atrofidagilarni) va ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlaganlarni (fan-klub dunyoni zabt etadi deb sizni aldab nom qozonayotgan N.To‘yichev va u bilan klubga salbiy ta’sir o‘tkazayotganlarni) jazolashingizni so‘rab qolamiz. Shuhratbek Qo‘shaqboyevich, bular nafaqat Sizni ochiqchasiga aldashdi, balki halqning hissiyotini ham jilovlanishiga sabab bo‘lishdi. Boshqa viloyatdagi futbol muxlislarining ayni paytda bizning ustimizdan kulishayotganini hazm qila olmayapmiz. Hurmat bilan, "Andijon" klubining minglab haqiqiy muxlislari!“ - дейилмоқда хабарда. "BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!👇 @bastiongr