TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← BASTION
BASTION avatar

TGINSIGHT POST

Post #19992

@bastiongr

BASTION

Просмотры15,600Количество просмотров
Опубликован17 апр.17.04.2026, 07:50
Содержимое поста

Содержимое

#обуначиларимиздан#таҳрирсиз “Assalomu alaykum, Bastion kanali. Jon kuyarlari deb boshlayman — bu murojaat ikki nafar voyaga yetmagan farzandlar ta’minoti bilan bog‘liq masala yuzasidan yozilmoqda. Men, fuqaro Muydinova N., Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining 29.04.2021 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor Muydinov X.dan 2 nafar farzandim foydasiga uning daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan bo‘lsa-da, ijro amalda to‘liq ta’minlanmayapti. Mazkur ijro ishi bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limiga bir necha bor murojaat qildim. Biroq hozirgacha quyidagi muammolar saqlanib qolmoqda: — murojaatlarimga to‘liq va aniq javob berilmayapti; — yozgan xabarlarimga e’tiborsiz munosabat bildirilmoqda; — telefon orqali ijrochi bilan bog‘lanish imkoniyati cheklangan; — 1000 ishonch raqamiga qilgan murojaatlarim ham natija bermagan. Shuningdek, ushbu ijro ishi bo‘yicha mas’ul ijrochi — Sotvoldiyev Jahongir Mamurjon o‘g‘li faoliyati yuzasidan ham savollar mavjud. Xususan, murojaatlarimga javob berilmasligi men yozgan xabarlarni qastdan öçirib yuborish va aloqa jarayonidagi uzilishlar ijro jarayonining shaffofligiga oid shubhalarni kuchaytirmoqda. Natijada, qarzdordan aliment undirilishi bo‘yicha amaliy choralar yetarli darajada ko‘rilmayapti. Bu esa 2 nafar voyaga yetmagan farzandlarimning moddiy ta’minoti va huquqlariga bevosita ta’sir qilmoqda. Shu sababli quyidagilarni so‘rayman: 1. Ijro ishi holati to‘liq va xolis o‘rganilsin; 2. Aliment undirish bo‘yicha qonuniy choralar kuchaytirilsin; 3. Ijro harakatlari samaradorligi tekshirilsin; 4. Mas’ul ijrochi faoliyatiga huquqiy baho berilsin. Bu masala kechiktirib bo‘lmaydigan ijtimoiy masala bo‘lib, voyaga yetmagan bolalar manfaatlari ustuvor bo‘lishi kerak. Amaliy yordam berishlaringni iltimos qilib qolaman“ - дейилмоқда хабарда. "BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!👇 @bastiongr